O‘zbektelekom ustav kapitalini qariyb 1 trln so‘mga yetkazmoqda

27.02.2026 04:11
O‘zbektelekom kompaniyasi Kuzatuv kengashining yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, foydani kapitalizatsiya qilish hisobidan ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shunga muvofiq, 565,3 mln dona aksiya chiqarilishi belgilandi.
O‘zbektelekom ustav kapitalini qariyb 1 trln so‘mga yetkazmoqda

Foto: O‘zbektelekom

28-yanvar kuni O‘zbektelekom kompaniyasi Kuzatuv kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, foydani kapitalizatsiya qilish hisobidan ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Shunga muvofiq, nominal qiymati 1 154 so‘m bo‘lgan 565,3 mln dona aksiya chiqarilishi belgilandi. Shundan 545,6 mln donasi oddiy, 19,7 mln donasi esa imtiyozli aksiyalardir. 

Jarayon yakunlangach, kompaniyaning ustav kapitali 652,3 mlrd so‘mga oshib, 978,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. 

Aksiyalarni joylashtirish amaldagi aksiyadorlar o‘rtasida ularning ulushlariga mutanosib ravishda yopiq obuna orqali amalga oshiriladi. 

Bunda har bir mavjud aksiyaga qo‘shimcha ikkitadan aksiya to‘g‘ri keladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 25-fevraldan boshlab O‘zbektelekom kompaniyasi aksiyalari savdosi ikki oy muddatga to‘xtatilgani ma’lum bo‘lgandi.

#o'zbektelecom#ustav_kapital

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar