27-fevral kuni KDB Bank Uzbekistan aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Seo In Vonning bank Kuzatuv kengashidagi vakolatini muddatidan oldin tugatishga qaror qilindi.
Uning o‘rniga Koreya Taraqqiyot bankining Global biznes departamenti bosh menejeri Kim In Yon bank Kuzatuv kengashi a’zosi etib tayinlandi.
Avvalroq KDB Bank Uzbekistan boshqaruv raisi o‘zgargani haqida xabar bergandik.
KDB Bank Uzbekistan O‘zbekistondagi eng yirik qo‘shma bank bo‘lib, Janubiy Koreya Taraqqiyot banki uning asosiy aksiyadori hisoblanadi.
- Janubiy Koreya Taraqqiyot banki — 86,3%
- O‘zmilliybank — 10,3%
- Turonbank — 3,4%
2025-yil yakunlariga ko‘ra, bank jami aktivlari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston banklari orasida 19-o‘rinni, sof foydasi miqdori bo‘yicha esa 9-o‘rinni egalladi.
