2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarni tashkil qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd dollarga yoki 29,2 foizga oshgan.

Bunda eksport hajmi 26,7 foizga, import esa 30,3 foizga o‘sdi. Hisobot davrida import eksportdan 2,4 mlrd dollarga ko‘p bo‘ldi.
O‘zbekiston eksportida sanoat tovarlari (18,1%) yuqori ulushga ega bo‘ldi. Keyingi o‘rinni oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar egalladi.
Mamlakatning yanvar oyidagi eksportida eng yirik hamkor Rossiya (326 mln dollar) bo‘ldi. O‘zbekiston bu oyda oltin sotmadi.
Importga to‘xtaladigan bo‘lsak, yanvar oyi davomida eng ko‘p mashina va transport asbob-uskunalari olib kelingan.
Mamlakat importida Xitoyning ulushi (1,4 mlrd dollar) yuqori bo‘ldi.
Avvalroq, 2025-yil uchun O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
