2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 81,2 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 14 mlrd dollarga yoki 20,7 foizga ko‘pdir.

Infografika: tanga.uz
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yirik hamkori Xitoy bo‘ldi.

Manba: stat.uz
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 210 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini olib bormoqda.
Bunda eng yuqori ulush Xitoy (21,2%), Rossiya (16%), Qozog‘iston (6,1%), Turkiya (3,7%) va Koreya Respublikasi (2,1%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eksport
2025-yilda O‘zbekistonning eksport hajmi 33,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 6,5 mlrd dollarga yoki 24 foizga ko‘pdir.
O‘zbekistonning eksport tarkibida hamon oltin yetakchilik qilmoqda. Mamlakat yil davomida 9,9 mlrd dollarga teng oltin eksport qildi.

Manba: stat.uz
Ma’lumot uchun, O'zbekiston faqat yilning yanvar-sentyabr oylarida oltin sotgan. Oktyabr, noyabr va dekabr oylarida esa sotmagan.
Keyingi eng yuqori ulush esa xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi va uning eksport tarkibidagi ulushi 28,9 foizni tashkil etdi.
2025-yilda O‘zbekiston eng ko‘p Rossiyaga mahsulot va xizmatlarni eksport qildi. Bu ko‘rsatkich 4,34 mlrd dollarga teng bo‘lib, jami eksportning 12,8 foizini tashkil etadi.

Manba: stat.uz
Import
2025-yilda O‘zbekistonning import hajmi 47,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu 2024-yilga nisbatan 7,4 mlrd dollarga yoki 18,4 foizga ko‘pdir.
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,8%) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Manba: stat.uz
Ushbu davrda O‘zbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar Xitoy (31,2%), Rossiya (18,3%), Qozog‘iston (7,2%) hamda Turkiya (4%) bo‘ldi.

Manba: stat.uz
Avvalroq, 2025-yilning yanvar-noyabr oylari uchun O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
