2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 72,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,02 mlrd dollarga yoki 21,8 foizga ko‘pdir.

Infografika: tanga.uz
Import va eksport o‘rtasidagi farq esa joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 206 mln dollarga oshdi.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yirik hamkori Xitoy bo‘ldi.

Manba: stat.uz
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 210 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini olib bormoqda.
Bunda eng yuqori ulush Xitoy (20,1%), Rossiya (16,2%), Qozog‘iston (6,0%), Turkiya (3,7%) va Koreya Respublikasi (2,2%) hissasiga to‘g‘ri keladi
Eksport
2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 30,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 mlrd dollarga yoki 26,2 foizga ko‘pdir.
O‘zbekistonning eksport tarkibida hamon oltin yetakchilik qilmoqda. Mamlakat ushbu davrda 9,9 mlrd dollarga teng oltin eksport qildi.

Manba: stat.uz
Ma’lumot uchun, ushbu ko‘rsatkich yanvar-oktyabr oylari davomida qayd etilgan, noyabr oyida esa mamlakat oltin sotmadi.
Keyingi eng yuqori ulush esa xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi va uning eksport tarkibidagi ulushi 27,4 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu davrda 1,95 mlrd dollarga teng meva va sabzavotlar eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foizga ko‘pdir.
Ushbu davrda O‘zbekiston eng ko‘p Rossiyaga mahsulot va xizmatlarni eksport qildi. Bu ko‘rsatkich 4,03 mlrd dollarga teng bo‘lib, jami eksportning 13 foizini tashkil etadi.

Manba: stat.uz
Import
2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning import hajmi 41,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 mlrd dollarga yoki 18,7 foizga ko‘pdir.
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,6%) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Manba: stat.uz
Ushbu davrda O‘zbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar Xitoy (30,5%), Rossiya (18,5%), Qozog‘iston (7,2%) hamda Turkiya (3,9%) bo‘ldi.

Manba: stat.uz
Avvalroq, yanvar-oktyabr oylari uchun O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
