25-fevral kuni davlat ishtirokidagi kompaniyalar hamda tijorat banklari samaradorligini oshirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) portfeliga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Unga muvofiq, Navoiyazot aksiyalarining 25 foizi va Xalq Banki aksiyalarining 30 foiz ulushi UzNIF portfelidan chiqarilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladi.
O‘zbektelekom aksiyalarining 5 foizi va O‘zbekinvest sug‘urta kompaniyasi aksiyalarining 10 foiz davlat ulushi esa UzNIF portfeliga qo‘shiladi.
Qo‘shimcha ravishda, O‘zsanoatqurilishbank aksiyalarining 10 foizi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan UzNIF portfeliga o‘tkazilmoqda.
Shunday qilib, jamg‘arma portfelida 15 ta kompaniyadan 13 tasi qoladi. Jamg‘arma portfeli esa quyidagicha bo‘ladi:
- Hududiy elektr tarmoqlari — 40%
- O‘zsuvta’minot — 40%
- Hududgazta’minot — 40%
- O‘zbekiston MET — 40%
- O‘zbektelecom — 30%
- Issiqlik elektr stansiyalari — 25%
- O‘zbekgidroenergo — 40%
- O‘zsanoatqurilishbank — 40%
- O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi — 40%
- O‘zbekinvest — 40%
- Uzbekistan Airways — 25%
- Temiryo‘linfratuzilma — 40%
- Toshshahartransxizmat — 25%
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning sentyabrida jamg‘arma portfelidan to‘rtta kompaniya chiqarilib, bitta yangi tashkilot qo‘shilgan edi.
Avvalroq UzNIF IPO o‘tkazishi hamda jamg‘arma to‘g‘risida batafsil ma’lumot bergandik.
