Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) 2025-yilda 11,6 trln so‘m (923 mln dollar) sof foyda oldi. Bu haqda KAPDEPO investitsiya kompaniyasining Telegram kanalida e’lon qilindi.
Kombinatning sof foydasi 2024-yilga nisbatan 3,9 trln so‘mga yoki 50,5 foizga oshgan.
Yilning to‘rtinchi choragida kombinatning sof foydasi 2 barobardan ko‘proqqa ortib, 3,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Hisobot davridagi eksport tushumi 510,4 mln dollarga teng bo‘lib, bu umumiy tushumning 12,1 foizini tashkil qildi.
Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 610,9 mln dollar bilan 19,5 foiz edi.
Kombinatning uzoq muddatli kredit va qarzlari hajmi 1,6 trln so‘mga ko‘payib, 28,5 trln so‘mga yetdi. Qisqa muddatlilari esa 1,1 trln so‘mga kamayib, 2,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, OKMK o‘zining IPO‘sini 2027-yilning birinchi yarmida o‘tkazishni rejalashtirgan.
Unda kombinat aksiyalarining 10 foizdan 15 foizgacha bo‘lgan qismini ochiq bozorga chiqarish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, kombinatning 2025-yil dastlabki to‘qqiz oyi bo‘yicha moliyaviy hisobotlari haqida ma’lumot bergandik.
.jpg)