AVO Bank bankomatlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limini tugatadi

05.03.2026 04:22
2-mart kuni AVO Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibida bankning tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish va ayrim bo‘linmani tugatish masalalari ko‘rib chiqildi.
AVO Bank bankomatlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limini tugatadi

Foto: AVO Bank

2-mart kuni AVO Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish kun tartibida bankning tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish va ayrim bo‘linmani tugatish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Yakunda aksiyadorlar bir ovozdan bankning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qurilmalari, jumladan, bankomatlarni mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘limini tugatishga qaror qildi. 

Ushbu bo'limning tugatilishi munosabati bilan bankning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish topshirildi. 

Bankning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasi 2026-yil 2-maydan kuchga kiradi. 

Bank boshqaruvi raisiga esa o‘z vakolatlari doirasida olti oy ichida bank xodimlari o‘rtasida vakolat va mas’uliyatni taqsimlash vazifasi yuklatildi. 

Shu munosabat bilan bankda xodimlar sonini qisqartirishni va kadrlar bilan bog‘liq ichki tartiblarni rasmiylashtirishni ta’minlash topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil o‘rtalarida Qozog‘istonning Fonte Capital kompaniyasi AVO Bank aksiyalarining 50 foizini sotib olishi kutilayotgani aytilgandi.

#avo_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar