2026-yilning fevral oyida O‘zbekistonga 154,2 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari import qilindi.

Manba: Bojxona qo'mitasi
Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, bu oyda mamlakatga rekord darajada — 89,3 mln dollarlik benzin olib kelingan.
Bu yanvar oyiga nisbatan 1,2 baravar, o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan esa 2,6 baravar ko‘pdir.
Import qilingan benzin hajmi ham 2,7 barobarga oshib, 153,6 mln litrni tashkil etgan.
Bu har bir litr benzin importi o‘rtacha 0,58 dollarga to‘g‘ri kelganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, fevral oyida kerosin importi ham keskin oshgan — uning hajmi 6 barobarga ko‘payib, 5,4 mln dollarga yetgan.
Dizel importida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan. Avvalroq, yanvar oyi uchun yoqilg‘i importi to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
