Fevral oyida qaysi hududda inflatsiya darajasi yuqori bo‘ldi?

06.03.2026 03:28
2026-yilning fevral oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etdi. Mamlakatda inflatsiya darajasi 2025-yilning iyul oyida 8,9 foizga teng bo‘lgan edi. Shundan so‘ng bu ko‘rsatkich har oy pasayib kelayotgan edi.
Fevral oyida qaysi hududda inflatsiya darajasi yuqori bo‘ldi?

Foto: Getty Images

2026-yilning fevral oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi

Mamlakatda inflatsiya darajasi 2025-yilning iyul oyida 8,9 foizga teng bo‘lgan edi. 

Manba: Markaziy bank

Shundan so‘ng bu ko‘rsatkich har oy pasayib, 2026-yilning yanvar oyida 7,2 foizgacha tushgandi

Bu inflatsiya statistikasi e’lon qilinayotganidan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkich edi. 

Biroq 2026-yilning fevral oyida inflatsiya darajasi yanvar oyiga nisbatan 0,1 foiz bandga oshib, 7,3 foizni tashkil etdi. 

Fevral oyida hududlar kesimida eng yuqori inflatsiya Farg‘ona viloyatida qayd etildi.

  • Farg‘ona — 7,8%
  • Qoraqalpog‘iston R. — 7,6%
  • Buxoro — 7,5%
  • Namangan — 7,5%
  • Surxondaryo — 7,5%
  • Xorazm — 7,5%
  • Qashqadaryo — 7,4%
  • Navoiy — 7,4%
  • Samarqand — 7,3%
  • Sirdaryo — 7,3%
  • Andijon — 7,2%
  • Toshkent shahri — 7,1%
  • Toshkent — 6,9%
  • Jizzax — 6,7%

Ma’lumot uchun, 2026-yil yakuniga kelib inflatsiya darajasi 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 

Markaziy bank belgilangan 5 foizlik maqsadli inflyatsiya darajasiga 2027-yil oxirida erishishni maqsad qilgan.

#inflyatsiya#fevral

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar