Fevral oyida narxlar qanday o‘zgardi?

06.03.2026 04:30
Fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari ichida limon narxi yillik hisobda 90 foizga oshgan. Go‘sht narxlarida ham o‘sish kuzatilgan. Bodring, piyoz, pomidor, bulg‘or qalampiri va qovoq narxlari esa arzonlagan.
Fevral oyida narxlar qanday o‘zgardi?

Foto: Getty Images

2026-yilning fevral oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil qildi. 

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, meva va sabzavotlar narxlarining o‘zgarishi hisobga olinmaganda, bu 8,3 foizga teng bo‘lar edi. 

Fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari ichida limon narxi yillik hisobda 90 foizga oshgan. 

Boshqa bir qator mahsulotlar narxlarining yillik o‘zgarishi esa quyidagicha:

Oziq-ovqat mahsulotlari

  • Qo‘y go‘shti — (+27,4%)
  • Suyaksiz mol go‘shti — (+24,0%)
  • Suyakli mol go‘shti — (+22,4%)
  • Mandarin — (+15,8%)
  • Tuxum — (+14,8%)
  • O‘simlik yog‘i — (+12,8%)
  • Olma — (+12,4%)
  • Karam — (+10,6%)
  • Sabzi — (+8,8%)
  • Lavlagi — (+8,3%)
  • Parranda go‘shti — (+7,5%)
  • Apelsin — (+6,8%)
  • Xom sut — (+5,8%)
  • Kartoshka — (+2,0%)
  • Quruq nonushtalar — (+3,0%)
  • Marmelad — (+2,9%)
  • Ko‘k choy — (+2,5%)
  • Un — (+1,3%)
  • Qovoq — (-57,1%)
  • Bulg‘or qalampiri — (-15,1%)
  • Guruch va guruch yormasi — (-14,1%)
  • Bodring — (-13,0%)
  • Pomidor — (-12,5%)
  • Piyoz — (-3,0%)

Turar joy va kommunal xizmatlar

  • Maishiy chiqindilarni olib ketish — (+32,6%)
  • Uy-joy ijarasi — (+2,3%)
  • Turar joy binolariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun materiallar — (+6,2%)

Sog‘liqni saqlash xizmatlari

  • Diagnostika va vizualizatsiya xizmatlari — (+9,3%)
  • Statsionar davolash xizmatlari — (+7,1%)
  • Ambulator davolash va reabilitatsiya xizmatlari — (+6,5%)
  • Dori vositalari va tibbiy mahsulotlar — (+3,9%)

Transport

  • Metan — (+30,3%)
  • Uzoq masofalarga yo‘lovchi tashuvchi poyezd chiptalari — (+14,9%)
  • Propan — (+9,7%)
  • AI-92 benzini — (+10,1%)
  • AI-95 benzini — (+10,1%)
  • AI-98 va AI-100 markali benzin — (+10,1%)
  • Shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash — (+6,9%)
  • Aviachiptalar — (-0,2%)

Maishiy tovarlar va boshqa xizmatlar

  • Nikoh uzuklari — (+32,1%)
  • Tish cho‘tkasi — (+0,3%)

Go‘sht narxlari yanvar oyida ham yillik hisobda 20 foizdan ko‘proqqa oshgan edi. 

Avvalroq, yanvar oyidagi bir qator mahsulotlar narxlarining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

#narxlar_inflatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar