Yanvar oyida narxlar qanday o‘zgardi?

06.02.2026 05:43
Yanvar oyida yillik inflatsiya darajasi 7,2 foizni tashkil etdi. Oy mobaynida go‘sht narxlari 20 foizdan ko‘proqqa ko‘tarildi. Shuningdek, yoqilg‘i narxlari, xususan metan narxi ham 30 foizga oshdi.
Yanvar oyida narxlar qanday o‘zgardi?

Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi

2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 7,2 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich inflyatsiya statistikasi e’lon qilina boshlagandan buyon qayd etilgan eng past daraja hisoblanadi.

Meva va sabzavot mahsulotlari narxlaridagi mavsumiy o‘zgarishlar hisobga olinmaganda, yillik inflyatsiya 8,1 foiz bo‘lardi.

Yanvar oyi davomida go‘sht narxlari 20 foizdan ortiqqa oshdi. 

Statistika qo‘mitasi taqdim etgan ayrim tovar va xizmatlar narxining yillik hisobdagi o‘zgarishi quyida keltirilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxining yillik hisobdagi o‘zgarishi

  • Limon — (+90,8%)
  • Karam — (+27,9%)
  • Qo‘y go‘shti — (+27,2%)
  • Suyaksiz mol go‘shti — (+25,0%)
  • Suyakli mol go‘shti — (+23,8%)
  • Mandarin — (+19,3%)
  • O‘simlik yog‘i — (+12,8%)
  • Sabzi — (+9,5%)
  • Apelsin — (+8,8%)
  • Xom sut — (+6,0%)
  • Parranda go‘shti — (+5,3% – +5,8%)
  • Pomidor — (+1,6%)
  • Tuxum — (+0,3%)
  • Piyoz — (−1,9%)
  • Oq qand — (−2,3%)
  • Shakar — (−3,7%)
  • Banan — (−4,1%)
  • Bulg‘or qalampiri — (−11,0%)
  • Kartoshka — (−15,9%)
  • Guruch — (−16,7%)

Tovar va xizmatlar narxining yillik hisobdagi o‘zgarishi

  • Shaxsiy transport sug‘urtasi — (+381,8%)
  • Metan — (+30,2%)
  • Mobil aloqa xizmatlari — (+17,9%)
  • Aviaqatnovlar — (+17,1%)
  • Propan — (+12,3%)
  • Diagnostika (tasviriy tekshiruv) — (+9,4%)
  • Tibbiy laboratoriya xizmatlari — (+9,0%)
  • Ambulator davolash — (+8,8%)
  • Uzoq masofali poyezd qatnovlari — (+8,6%)
  • Statsionar davolash — (+6,7%)
  • Davolovchi massaj — (+5,3%)
  • Stomatologiya xizmatlari — (+4,7%)
  • Til kurslari va repetitorlik — (+5,4%)
  • Xususiy bolalar bog‘chalari — (+4,2%)

Shuningdek, yanvar oyi davomida nooziq-ovqat mahsulotlaridan nikoh uzuklari narxi 32,6 foizga, bolalar tagliklari narxi esa 1,3 foizga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yildan boshlab avtomobil sug‘urtasi narxlari ko‘tarildi. Qancha miqdorga oshganini quyidagi havola orqali bilib mumkin.

#narxlar#inflyatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar