Neft narxi yana oshdi
6-mart kuni AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy harakatlar kuchaygani sababli Eron o‘z neft tankerlarining Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishini to‘xtatdi.
Bu jahonning kunlik neft ta’minotining qariyb 20 foizini cheklab qo‘yadi. Bugun WTI markali neft narxi 3,79 foizga oshib, 84 dollarga yetdi.
Brent neftining bahosi esa 1,78 foizga ko‘tarilib, 86,93 dollarni tashkil qildi.
Marvell Technology to‘rtinchi chorakdagi daromadi kutilganidan yuqori bo‘ldi
Marvell Technology kompaniyasi 4-chorakda 2,2 mlrd dollar daromad oldi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 foizga ko‘pdir.
Aksiya boshiga daromad esa 0,8 dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga oshdi. Shuningdek, kompaniya 2027–2028-yillar uchun o‘z prognozini oshirdi.
Bunga sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlariga bo‘lgan talabning keskin ortishi sabab bo‘ldi.
Kompaniyaning kelgusi chorakdagi daromadi 2,4 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.
Biroq ijobiy daromad hisobotiga qaramay, kompaniya aksiyalari 3,09 foizga arzonlashib, 75 dollardan sotildi.
Bitkoin narxi tushdi
Bugun bitkoin narxi 1,17 foizga pasayib, 70 695 dollarni tashkil qildi.
5-mart kuni e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, AQShning Eron infratuzilmasiga ehtimoliy harbiy hujumlari va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi xavfli aktivlarga bosim o‘tkazdi.
AQSh obligatsiyalari daromadliligi oshdi
28-fevraldan 6-martgacha bo‘lgan davrda AQSh davlat obligatsiyalarining daromadliligi oshdi.
Bunga asosan Yaqin Sharqdagi keskinlik va inflyatsiya xavotirlarining kuchayishi sabab bo‘ldi. Daromadlilikning o‘sishi quyidagicha:
- 5 yillik obligatsiya — 3,70% → 3,87%
- 10 yillik obligatsiya — 3,96% → 4,14%
- 30 yillik obligatsiya — 4,67% → 4,71%
Investorlar obligatsiyalarni sotishni boshlagani sababli ularning narxi tushdi va natijada daromadlilik oshdi.
Bugun oltin narxi tushdi
6-mart kuni soat 11:20 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning bir troy unsiyasi narxi 5120 dollarni tashkil etmoqda.
Qimmatbaho metall fond bozorida 28-yanvar kuni 5420 dollarga yetib, eng yuqori natijani qayd etgandi.
Shundan keyingi kunlarda narxlar biroz pasayib, Eron atrofidagi geosiyosiy noaniqliklar fonida yana ko‘tarila boshladi.
3-mart kuni narx 5320 dollarga yetdi. Keyingi kunlarda esa narxlar pasaymoqda.
Ma’lumot uchun, @tangauz_news Telegram kanalida oltin quymalari narxlarining kunlik o‘zgarishi berib boriladi.
