Fevral oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
1-mart holatiga ko‘ra, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 77 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning aytishicha, mazkur zaxira mamlakatning 20 oylik importini qoplash darajasiga yetgan.
Zaxiralar so‘nggi yetti oydan buyon rekord darajada yangilanib kelmoqda. Bunga oltin narxining o‘sayotgani ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Jumladan, fevral oyida oltinning 1 troy unsiyasi narxi 5063 dollardan 5174 dollargacha oshgani mamlakat zaxiralarining 1,4 mlrd dollarga ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, zaxiradagi oltinning fizik hajmi ham 9,33 tonnaga oshib, 407,5 tonnaga yetgan.
Zaxira tarkibidagi xorijiy valyutadagi aktivlar esa bu oyda 686 mln dollarga kamayib, 8,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
1-mart holatiga ko‘ra, mamlakat xalqaro zaxiralarining 67,7 mlrd dollari yoki 80 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 25 mlrd dollarga ko‘payib, yil yakunida 66,3 mlrd dollarni tashkil etgandi.
