UzAuto Motors kompaniyasi 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyi bo‘yicha moliyaviy natijalarini e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, kompaniya ushbu davrda 35,4 trln so‘m daromad qilgan.
Kompaniyaning daromadi 2024-yilning mos davriga nisbatan 5,2 trln so‘mga yoki 15 foizga kamaygan.
Hisobot davrida kompaniya xarajatlari 4,3 trln so‘mni tashkil etgan. Xarajatlar 2024-yilning mos davriga nisbatan 504 mlrd so‘mga ortgan.
Xarajatlar tarkibida sotish xarajatlarining 550 mlrd so‘mga oshgani umumiy xarajatlarning ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. Ma’muriy xarajatlari esa 73 mlrd so‘mga kamaygan.
UzAuto Motors to‘qqiz oy davomida 2 trln 655 mlrd so‘m (211 mln dollar) sof foyda olgan.
Kompaniyaning sof foydasi 2024-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 100 mlrd so‘mga kamaygan.
Avvalroq, 2025-yil yakunlari bo‘yicha UzAuto Motors kompaniyasining qimmat avtomobillari savdosi pasaygani haqida ma’lumot bergandik.
