zypl.ai startapi Alif investori Shahidiydan 2 mln dollar sarmoya jalb qildi

12.03.2026 02:58
zypl.ai startapi investor Hofiz Shahidiydan 2 mln dollar sarmoya jalb qildi. Bitim yakuniga ko‘ra, startap 80 mln dollarga baholandi. Rejaga ko‘ra, startap kiritilgan sarmoyani o‘z xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltiradi.
zypl.ai startapi Alif investori Shahidiydan 2 mln dollar sarmoya jalb qildi

Hofiz Shahidiy va Azizjon Azimiy. Foto: zypl.ai / LinkedIn

zypl.ai startapi investor Hofiz Shahidiydan 2 mln dollar sarmoya jalb qildi. Bitim yakuniga ko‘ra, startap 80 mln dollarga baholandi. 

Shunday qilib, Shahidiy startapning 2,5 foiz ulushiga ega bo‘ldi. Rejaga ko‘ra, startap kiritilgan sarmoyani o‘z xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltiradi. 

Shuningdek, startap xizmatlarini Alif ekotizimiga integratsiya qilish ham rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, Hofiz Shahidiy Alif ekotizimining ham investorlaridan biri hisoblanadi. U 2019-yilda ekotizimning 25 foiz ulushini sotib olgan

Investor bugungi kunda Jeffeson Capital investitsiya kompaniyasi rahbari hamda Alif ekotizimining O‘zbekistondagi biznesi Alif Uzbekistan Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

zypl.ai startapi haqida

zypl.ai — sun’iy intellektga asoslangan startap bo‘lib, asosan banklar va moliyaviy tashkilotlar uchun kredit riskini baholash, skoring va firibgarlikni aniqlash texnologiyalarini yaratadi. 

Startapga 2021-yilda tojikistonlik Azizjon Azimiy tomonidan asos solingan. Bugungi kunda zypl.ai xizmatlaridan 20 ga yaqin davlatdagi 50 dan ortiq bank va moliya instituti foydalanmoqda. 

Startapning mijozlari qatorida AloqaBank hamda Uzcard to‘lov tizimi ham bor. Startap 2022-yilda 6 mln dollarga baholanib, dastlabki investitsiyasini olgan. 

Bugungi kunda uning investorlari orasida Prosus Ventures, Carbide Ventures va Plug and Play kabi xalqaro, shuningdek, AloqaVentures hamda UzVC kabi mahalliy investorlar ham bor.

#hofiz_shaxidiy#zypl.ai#alif

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar