Banklar va to‘lov tashkilotlari kiberjinoyatlar oqibatidagi zarar uchun javobgar bo‘ladi

13.03.2026 06:23
Tijorat banklari, to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlari kiberjinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘lishi belgilandi. Ma’lum qilinishicha, 3 ta bank tizimidagi zaiflik sababli 3025 nafar mijozga jami 17 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Banklar va to‘lov tashkilotlari kiberjinoyatlar oqibatidagi zarar uchun javobgar bo‘ladi

Foto: Getty Images

12-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kiberjinoyatlarga qarshi kurashga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taqdimotda aytilishicha, 2025-yilda firibgarlik jinoyatlarining 82 foizi, o‘g‘riliklarning esa 76 foizi kibermakonda sodir etilgan. 

Bu jinoyatlar oqibatida aholi va biznesga 2 trln so‘mdan ziyod moddiy zarar yetkazilgan. 

Shu munosabat bilan moliyaviy tashkilotlar axborot va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmasa, oqibat kelib chiqqanidan qat’i nazar, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilindi. 

Shuningdek, o‘tgan yillarda 3 ta bank tizimidagi zaiflik sababli 3025 nafar mijozga jami 17 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aytildi. 

Shu bois tijorat banklari, to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlari kiberjinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘lishi belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, IIV rasmiylari yil yakunida eng ko‘p kiberjinoyat sodir etilgan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinishini ma’lum qilgandi.

#kiberjinoyat

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar