NexaGrid startapi 700 ming dollar bahoda AIS Ventures fondidan 70 ming dollar sarmoya jalb qildi. Bu haqda Stanbase ma'lum qildi.
Ma’lumot uchun, NexaGrid O‘zbekistonda mayning bilan shug‘ullanish huquqini olgan birinchi startap hisoblanadi.
Unga bu huquq 2026-yilning fevral oyida berilgan. NexaGrid o‘zining mayning faoliyatini Buxoro viloyatining Romitan tumanida amalga oshiradi.
Kompaniyaning kriptovalyuta qazib olishdan tashqari, sohaga yaqin boshqa faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanadi.
Startap hamda uning asoschilari haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali o‘qish mumkin.
AIS Ventures fondiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning bosh ofisi AQShda joylashgan.
Fond, asosan, texnologiyalarga asoslangan loyihalarga sarmoya kiritib keladi.
