11-mart kuni ANORBANK Kuzatuv kengashining qarori bilan Malik Avazov bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, bankning boshqaruvchi direktori Akmal Bakiyev bank boshqaruvi a’zosi etib saylandi. Shu tariqa, ANORBANK boshqaruvi tarkibi to‘qqiz kishiga yetdi.
Bank boshqaruvi a’zolari sonini yetti nafardan to‘qqiz nafarga oshirish to‘g‘risidagi tegishli qaror bank aksiyadorlari tomonidan 25-fevral kuni qabul qilingan edi.
Malik Avazov bu lavozimga tayinlangunga qadar, 2019-yilning noyabridan buyon Ipak Yuli banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bundan avval esa ushbu bankning Yakkasaroy filiali boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan.
Avvalroq, Sergey Gimadiyev ANORBANK Kuzatuv kengashi raisining katta maslahatchisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergandik.
