18-mart kuni jahon fond bozorida nimalar ro‘y berdi?

18.03.2026 15:18
O'zbekchaРусский
18-mart kuni Osiyo indekslarining bir qismi texnologik istiqbollar tufayli o‘sishni namoyon etdi. Iroqning Jayhon porti orqali neft eksporti qayta tiklanishi e’lon qilingach, neft narxlarida biroz pasayish kuzatildi.
18-mart kuni jahon fond bozorida nimalar ro‘y berdi?

Foto: Getty Images

Osiyo bozorlari mustahkamlanmoqda

18-mart kuni Osiyoning bir qator indekslari texnologik istiqbollar tufayli o‘sishni ko‘rsatdi

Xususan, Janubiy Koreyada KOSPI indeksi 4 foizga, Yaponiyada Nikkei 225 indeksi 2,5 foizga, TOPIX esa 2 foizdan ortiqroqqa ko‘tarildi. 

17-mart kuni Nvidia GTC 2026 ko‘rgazmasida taqdim etilgan yangi texnologiyalar va hamkorliklar sun’iy intellektga bo‘lgan optimizmni kuchaytirdi. 

Buning ta’sirida Samsung Electronics aksiyalari 4,5 foizga, SK Hynix aksiyalari esa 6 foizga o‘sdi.

Nebius aksiyalari 10 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi

18-mart kuni Nebius kompaniyasi aksiyalari 10,41 foizga pasayib, 129 dollardan 116 dollarga tushdi

Kompaniya bundan avvalroq 3,75 mlrd dollarlik konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalarni chiqargan edi. 

Shuningdek, kompaniya sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlari va hisoblash quvvatlarini kengaytirish uchun 1-2 mlrd dollar sarflashni rejalashtirgan. 

Kompaniyaning bu qarori investorlar orasida obligatsiyalarning keyinchalik aksiyalarga aylanishi va ularning soni ortib ketishidan xavotir uyg‘otdi.

Delta Air Lines daromad prognozlarini oshirdi

18-mart kuni Delta Air Lines aksiyalari 6,56 foizga ko‘tarilib, 64,83 dollarga yetdi. Bu esa kompaniyani fond bozorining diqqat markaziga olib chiqdi. 

Kompaniya buni Yaqin Sharqdagi urush tufayli aviakerosin narxlarining oshishiga qaramay, birinchi chorakda 400 mln dollar foyda olgani bilan izohlamoqda. 

JP Morgan konferensiyasida ta’kidlanishicha, daromadning o‘sishi chipta narxlarining ko‘tarilishi va samolyot sig‘imining oshirilishi hisobiga yuz bergan.

Tabiiy gaz fyucherslari ketma-ket pasaymoqda

18-mart kuni tabiiy gaz fyucherslari 2,31 foizga pasayib, 2,96 dollarga tushdi. 

18-22-mart kunlari uchun yangilangan ob-havo modellari haroratning doimiy ravishda me’yordan yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. 

Bu esa ayrim yoqilg‘i turlari, xususan, tabiiy gaz narxlariga salbiy ta’sir qildi. 

Eslatib o‘tamiz, geosiyosiy keskinliklar tufayli tabiiy gaz fyucherslari 6,15 foizga oshib, 3,14 dollarga yetgan edi.

Oltin, bitkoin hamda neft narxlari o‘zgarishi

18-mart kuni WTI neft narxi 1,43 foizga pasayib, 94,16 dollarni tashkil qildi. 

API ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh neft zaxiralari 6,56 mln barreldan oshgan. 

Shuningdek, Iroqning Jayhon porti orqali neft eksporti qayta tiklanishi e’lon qilingach, ta’minot bilan bog‘liq xavotirlar bartaraf bo‘ldi. 

Oltin narxi esa bugun ham pasayishda davom etdi. Narxlar 0,57 foizga tushib, bir troya unsiyasi uchun 1979 dollarni tashkil qildi. 

Bitkoin ham pasayishda davom etib, 0,93 foizga arzonlashdi va 73 990 dollarni tashkil qildi. 

Bozorlar foiz stavkalari bo‘yicha qaror qabul qilinishi oldidan ehtiyotkor kayfiyatda turibdi.

#fond_bozori_dayjest

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar