Click taqsimlanmagan foydadan 36 mlrd so‘mni dividendlar to‘lashga yo‘naltiradi

19.03.2026 06:09
O'zbekchaРусский
Click aksiyadorlari 114 mlrd 625 mln so‘mlik taqsimlanmagan foydasining 36 mlrd so‘mini dividend to‘lashga yo‘naltirishga qaror qildi. Bunda har bir joylashtirilgan aksiya uchun 1800 so‘m miqdorida dividend to‘lanadi.
Click taqsimlanmagan foydadan 36 mlrd so‘mni dividendlar to‘lashga yo‘naltiradi

Foto: Yandex Maps

18-mart kuni Click aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda aksiyadorlar kompaniyaning 114 mlrd 625 mln so‘mlik taqsimlanmagan foydasining 36 mlrd so‘mini dividend to‘lashga yo‘naltirishga qaror qildi. 

Bunda har bir joylashtirilgan aksiya uchun 1800 so‘m miqdorida dividend to‘lanadi. 

Qolgan 78 mlrd 625 mln so‘m esa tegishli qaror qabul qilingunga qadar taqsimlanmagan foyda ko‘rinishida qoldiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning yanvar oyida ham kompaniya xuddi shu miqdordagi foydani dividend to‘lashga yo‘naltirgan edi. 

O‘shanda ham har bir aksiya uchun dividend miqdori 1800 so‘m etib belgilangan edi. 

Ma’lumot uchun, 2025-yilning iyul oyida Click kompaniyasining 49 foiz ulushini Qozog‘istonning Halyk Bankiga sotish bo‘yicha bitim tuzilgandi

Ushbu bitimga Qozog‘iston nazorat organlari ruxsat bergan, biroq O‘zbekiston nazorat organlari hozircha ruxsat bergani yo‘q. 

Ayni paytda kompaniya aksiyadorlari qatorida Halyk Bank ko‘rsatilmagan.

#click#dividend

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar