Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda ADM Jizzakh kompaniyasining soliq to‘lovlarida deyarli o‘zgarish bo‘lmagan.
Yil davomida kompaniyaning avtomobil sotuvi keskin oshgan.
Biroq kompaniyaning 2025-yildagi soliq to‘lovlari 2024-yilga nisbatan 1 mlrd so‘mga oshib, 337 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Kompaniya 2024-yilda 30 329 dona avtomobil sotgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 52 foizga oshib, 46 117 donaga yetgan.
ADM Jizzakh kompaniyasining mahalliy bozordagi ulushi ham 7,5 foizdan 10,8 foizga yetgan.
Kompaniyaning birgina KIA Sonet modeli sotuvi 2025-yilda 2,5 barobarga oshib, 19 632 donani tashkil etdi.
Biroq shunga qaramay kompaniyaning soliq to‘lovlarida deyarli o‘zgarish bo‘lmagan.
Avvalroq, 2025-yil yakunlari bo‘yicha mahalliy avtomobillar sotuvi to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
