Markaziy bank aholining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.
Natijalariga ko‘ra, fevral oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 11,6 foizni tashkil etdi.

Manba: Markaziy bank
Sezilgan inflyatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahrida qayd etilgan.

Manba: Markaziy bank
Nisbatan past sezilgan inflyatsiya darajasi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan.
Fevral oyida go‘sht narxining oshishi aholiga 47 foiz darajasida sezilgan.

Manba: Markaziy bank
Shuningdek, yoqilg‘i narxlari bo‘yicha sezilgan inflyatsiya ham yuqori bo‘lgan.
Inflyatsiya daromadi 20 mln so‘mdan oshuvchi aholi tomonidan yuqoriroq darajada sezilgan.

Manba: Markaziy bank
Sohalar kesimida kafe va restoran vakillari inflatsiyani yuqori deb hisoblashmoqda.

Manba: Markaziy bank
So‘rovnomada qatnashgan aholining inflyatsion kutilmalari 11,2 foizni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, fevral oyida yillik inflatsiya darajasi 7,3 foizga teng bo'lgandi.
