Hamkorbank ta’sischisining bankdagi ulushi ortdi

25.03.2026 07:59
O'zbekchaРусский
Ikram Ibragimovning Hamkorbank aksiyalaridagi ulushi oshdi. O‘zgarishgacha Ibragimov bank aksiyalarining 59,21 foiziga egalik qilgan. O‘zgarishdan so‘ng uning bankdagi ulushi 61,88 foizga yetdi.
Hamkorbank ta’sischisining bankdagi ulushi ortdi

Ikram Ibragimov / Foto: Yakkasaroy hokimiyati

Ikram Ibragimovning Hamkorbank aksiyalaridagi ulushi oshdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi

O‘zgarishgacha Ibragimov bank aksiyalarining 59,21 foiziga egalik qilgan. O‘zgarishdan so‘ng uning bankdagi ulushi 61,88 foizga yetdi. 

Ma’lumot uchun, Ikram Ibragimov bankning asosiy aksiyadori bo‘lish bilan birga, uning Kuzatuv kengashi raisi ham hisoblanadi. 

Hamkorbank aksiyalari ochiq bozorda sotiladi, shu bois uning aksiyadorlari soni ko‘p. 

Manba: stat.uz

Bank aktivlari va kapitali hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik o‘nta bankdan biridir. 

2025-yilda bank 1,7 trln so‘m sof foyda ko‘rib, bu borada to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

#hamkorbank#ikram_ibragimov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar