Markaziy bank Toshkent shahridagi yer uchastkalari narxini o‘rganib chiqdi.
Natijalarga ko‘ra, 2025-yil dekabr oyi yakunida 1 sotix yerning o'rtacha narxi 319 mln so‘mni tashkil etgan.
Bu yil davomidagi o‘rtacha kurs bo‘yicha 25 ming 373 dollarga teng.
Narxlar 2024-yilning mos davriga nisbatan 9,4 foizga kamaygan.

Manba: Markaziy bank
Markaziy bank ushbu pasayishni poytaxtda yer uchastkalari taklifi kamaygani, chekka hududlarida esa oshgani bilan izohladi.
Toshkent shahrining chekka hududlarida yer uchastkalari taklifi 22 foizga oshgan bo‘lsa, shahar markazida taklif 13 foizga qisqargan.
Markaziy bank o‘rganishiga ko‘ra, narxlarga eng ko‘p ta’sir qiluvchi omil – bu joylashuvdir.
Shuningdek, maydon, qavat va boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, Mirobod va Olmazor tumanlaridagi bir xil kvartiralar narxi deyarli 24 foizga farq qiladi.
Shu bilan birga, yangi qurilgan uylar eskilaridan 3 foizga qimmatroq ekani ma'lum bo'ldi.
G‘ishtli uylar esa panelli uylarga nisbatan 3 foizdan 6 foizgacha qimmat turadi.
Avvalroq 2025-yilda ajratilgan ipoteka kreditlari hamda rasmiylashtirilgan uy-joy shartnomalari soni to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
