Mart oyida inflatsiya darajasi 7,1 foizni tashkil etdi — rekord

06.04.2026 06:16
O'zbekchaРусский
2026-yilning mart oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7,1 foizni tashkil etdi. Bu inflatsiya statistikasi e’lon qilinayotganidan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. Eng yuqori inflatsiya Farg‘ona viloyatida qayd etildi.
Mart oyida inflatsiya darajasi 7,1 foizni tashkil etdi — rekord

Foto: Kun.uz

2026-yilning mart oyida O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7,1 foizni tashkil etdi.

Bu inflatsiya statistikasi e’lon qilinayotganidan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. 

Manba: Markaziy bank

Fevral oyida inflatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 0,1 foiz bandga yuqori bo‘lgandi.

Mart oyida esa inflatsiya darajasi fevral oyiga nisbatan 0,2 foiz bandga kamaydi.

Mart oyida hududlar kesimida eng yuqori inflatsiya fevral oyidagi kabi Farg‘ona viloyatida qayd etildi.

  • Farg‘ona — 7,5%
  • Xorazm — 7,4%
  • Qoraqalpog‘iston R. — 7,3%
  • Buxoro — 7,3%
  • Namangan — 7,3%
  • Sirdaryo — 7,2%
  • Qashqadaryo — 7,1%
  • Navoiy — 7,1%
  • Andijon — 7,0%
  • Samarqand — 7,0%
  • Surxondaryo — 7,0%
  • Toshkent shahri — 6,9%
  • Toshkent viloyati — 6,8%
  • Jizzax — 6,4%

Joriy oyda barcha hududlarda inflyatsiya darajasi fevral oyiga nisbatan pasaydi. 

Eng sezilarli pasayish Surxondaryo viloyatida (-0,5%) qayd etildi. 

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida esa sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan.

2026-yil yakuniga kelib inflatsiya darajasi 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 

Markaziy bank belgilangan 5 foizlik maqsadli inflyatsiya darajasiga 2027-yil oxirida erishishni maqsad qilgan.

#inflatsiya#mart

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar