O‘ziga kredit olishni cheklab qo‘yganlar 2 mln nafardan oshdi

06.04.2026 12:50
O'zbekchaРусский
2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 2 mln 207 ming nafardan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni cheklab qo‘ygan. Bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 5 baravardan ziyodga oshgan. Mazkur xizmatga ulanganlarning katta qismini 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tashkil etadi.
O‘ziga kredit olishni cheklab qo‘yganlar 2 mln nafardan oshdi

Foto: KATM

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 2 mln 207 ming nafardan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni cheklab qo‘ygan. 

Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) ma’lumot berdi

Firibgarlikdan himoyalanish maqsadida “Kreditga taqiq” xizmati 2025-yilning iyun oyida joriy etilgan edi. 

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 438 322 nafar fuqaro o‘ziga kredit olishni cheklab qo‘ygani ma’lum bo‘lgandi

1-aprelga kelib bu ko‘rsatkich besh barobardan ko‘proqqa oshib, 2 mln 207 ming 753 nafarga yetdi. Xizmatga ulanganlarning katta qismini 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. 

Infografika: KATM

2026-yil fevral oyi boshida millionlab o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Bu esa ko‘plab fuqarolarning kredit olishga taqiq xizmatini faollashtirishiga turtki bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, kreditga taqiqni KATM mobil ilovasi, my.gov.uz sayti orqali onlayn ravishda rasmiylashtirsa bo'ladi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari orqali ham rasmiylashtirish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.

#katm#kreditga_taqiq

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar