UZCARD Kuzatuv kengashi a’zolariga qariyb 10 mlrd so‘m mukofot puli ajratdi

08.04.2026 13:11
O'zbekchaРусский
UZCARD to‘lov tizimi aksiyadorlari 2025-yilda olingan sof foydaning 282 mlrd so‘mini dividend to‘lashga yo‘naltirishga qaror qildi. Shuningdek, 9 mlrd 134 mln so‘m mablag‘ni kompaniya Kuzatuv kengashi a’zolariga mukofot puli sifatida yo‘naltirish belgilandi.
UZCARD Kuzatuv kengashi a’zolariga qariyb 10 mlrd so‘m mukofot puli ajratdi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

7-aprel kuni “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (UZCARD to'lov tizimi) aksiyadorlarining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda 2025-yilda olingan sof foydaning 282 mlrd so‘mini dividend to‘lashga yo‘naltirishga qaror qilindi. 

Bunda har bir aksiya uchun 5 640 so‘mdan dividend to‘lanishi belgilandi. 

Shuningdek, 9 mlrd 134 mln so‘m mablag‘ni kompaniya Kuzatuv kengashi a’zolariga mukofot puli sifatida yo‘naltirishga ham qaror qilindi. 

Mukofot puli kengash a’zolari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

  • Akilov Akbar — 5,35 mlrd so‘m
  • Akbarov Kamron — 2,14 mlrd so‘m
  • Yusupov Aziz — 1,07 mlrd so‘m
  • Tursunbayev Jasur — 535 mln so‘m
  • Sadikov Ulugbek — 39,8 mln so‘m

Ma’lumot uchun, Kamron Akbarov “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJning 25 foiz ulushiga egalik qiladi. 

Skrinshot: iHamkor

Aziz Yusupov esa to‘lov tizimining qolgan 75 foiz ulushiga egalik qiluvchi “IMC-Capital” MChJ rahbari sifatida qayd etilgan. 

Akbar Akilov UZCARD to‘lov tizimi hamda ATTO kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi. 

Avvalroq, UZCARD to‘lov tizimining 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot bergandik.

#uzcard#Kuzatuv_kengashi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar