Milliy investitsiya fondi (UzNIF) milliy kompaniyalar aksiyalarini bir vaqtning o‘zida ikkita maydonda — nufuzli London birjasi va Toshkent birjasida savdoga qo‘yadi.
Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat ilk bor jahon aksiyalar bozoriga chiqyapti.
IPO jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni muvofiqlashtirishni O‘zbekistonda ishlash litsenziyasiga ega bo‘lgan Franklin Templeton xalqaro investitsiya kompaniyasi amalga oshirmoqda.
Ma’lumot uchun, UzNIF davlat egalik qiladigan 13 ta yirik kompaniyaning 25 foizdan 40 foizgacha strategik ulushiga egalik qiladi.
Jamg‘arma portfelining umumiy qiymati 2,44 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etadi.
.jpg)
Infografika: tanga.uz
Avvalroq, Prezidentning tegishli qarori bilan UzNIF portfeliga o‘zgartirishlar kiritilgan edi.
Unga muvofiq, Navoiyazot aksiyalarining 25 foizi va Xalq Banki aksiyalarining 30 foiz ulushi UzNIF portfelidan chiqarilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazildi.
O‘zbektelekom aksiyalarining 5 foizi va O‘zbekinvest sug‘urta kompaniyasi aksiyalarining 10 foiz ulushi esa UzNIF portfeliga qo‘shildi.
Shuningdek, SQB aksiyalarining 10 foizi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan UzNIF portfeliga o‘tkazilgan edi.
