10-aprel kuni O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda aksiyadorlar jamg‘armaning oddiy aksiyalari sonini besh barobarga kamaytirishga qaror qildi.
Jarayon yakunlangach, jamg‘armaning har bir oddiy aksiyasining nominal qiymati besh barobarga oshib, 5 so‘mga yetadi.
Mavjud aksiyalar soni esa xuddi shunchaga qisqarib, 5 trln 54 mlrd 262 mln donani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamg‘arma IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Uning aksiyalari bir vaqtning o‘zida ikkita maydonda — London va Toshkent fond birjalarida savdoga qo‘yilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, UzNIF davlatga qarashli 13 ta yirik kompaniyaning 25 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan strategik ulushiga egalik qiladi.
.jpg)
Infografika: tanga.uz
Jamg‘arma portfelining umumiy qiymati 2,44 mlrd dollardan oshadi.
Avvalroq jamg‘arma portfelidagi kompaniyalarning qiymati to‘g‘risida ma’lumot bergandik.
