8-aprel kuni O‘zsanoatqurilishbank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda aksiyadorlar bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi Saida Jarbolovaning vakolatlarini muddatidan oldin tugatishga qaror qildi.
Kengashdagi bo‘shagan o‘ringa Franklin Templeton boshqaruv kompaniyasi vakili Ansell Metyu Jon bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylandi.
Shuningdek, “Montfort Ca” MChJ amaliyot direktori Sayyora Ayupova hamda Hans Kristof Mangold ham bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari etib saylandi.
Ma’lumot uchun, SQB aksiyalarining 40 foiziga Milliy Investitsiya jamg‘armasi egalik qiladi.
Mazkur jamg‘arma 2025-yilning may oyida Franklin Templeton kompaniyasi boshqaruviga berilgan edi.
Avvalroq jamg‘armaning IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yozgandik.
