Markaziy bank mart oyida 20 ta bankni jarimaga tortdi

13.04.2026 11:32
O'zbekchaРусский
Markaziy bank mart oyida 20 ta bank, 89 ta mikromoliya tashkiloti va 79 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi. Shuningdek, 17 ta bankni chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Markaziy bank mart oyida 20 ta bankni jarimaga tortdi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Markaziy bank mart oyida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan axborot berdi

Unga ko‘ra, bu oyda 20 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan. 

Bunga banklarning o‘z faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab bo‘lgan. 

Shuningdek, ayni shu kamchiliklar uchun 89 ta mikromoliya tashkiloti va 79 ta lombardga ham jarima sanksiyalari qo‘llanilgan. 

Shu bilan birga, 17 ta bankka nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish berilgani ma’lum qilindi. 

Ko‘rib chiqilgan masalalarning to‘qqiztasi esa kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish bilan bog‘liq. 

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank fevral oyida 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llagan edi.

#markaziy_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar