I chorakda 23 ta startap jami 148,6 mln dollar sarmoya jalb qildi — tahlil

16.04.2026 16:08
O'zbekchaРусский
2026-yilning birinchi choragida 23 ta startap jami 148,6 mln dollar sarmoya jalb etdi. Ushbu sarmoyaning 131,5 mln dollari Uzum ekotizimi hissasiga to‘g‘ri keladi. Mablag‘ kiritishda mahalliy venchur fondlari orasida AloqaVentures faollik ko‘rsatdi.
I chorakda 23 ta startap jami 148,6 mln dollar sarmoya jalb qildi — tahlil

Foto: Roscomland

Pivot nashri 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston startap ekotizimiga oid tahliliy material e’lon qildi

Unga ko‘ra, bu davrda 23 ta startap jami 148,6 mln dollar sarmoya jalb etgan. 

Manba: Pivot.uz

Ushbu sarmoyaning 131,5 mln dollari Uzum ekotizimi hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Mablag‘ kiritishda mahalliy venchur fondlari orasida AloqaVentures faollik ko‘rsatdi. 

Manba: Pivot.uz

Sarmoya kiritish borasida Imkon Ventures fondi ham ancha faol bo'ldi. 

Jamg‘arma uch oy mobaynida dastlabki bosqichdagi oltita startapga sarmoya kiritdi. 

Manba: Pivot.uz

Shuningdek, farishta investorlar ham ushbu davrda to‘rtta startapga jami 540 ming dollar sarmoya kiritgan.

Manba: Pivot.uz

Sarmoya jalb qila olgan startaplarning katta qismi SaaS asosida faoliyat yuritadi. 

Uzum ekotizimidan keyin ushbu davrda eng ko‘p sarmoya jalb qilgan startap Datatruck bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, mazkur startap Avenue Growth Partners fondidan ham sarmoya jalb qilgan.

Avvalroq, Hayot Bank startaplar uchun venchur fond ishga tushirayotgani haqida yozgandik.

#startaplar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar