20-aprel kuni Poytaxt Bank yagona aksiyadorining qarori bilan Dilshod Po‘latov bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi.
U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shu kundan bekor qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Skrinshot: qarordan
Dilshod Akmalevich Po‘latov mazkur lavozimda 2025-yil 16-sentyabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.
Yangi rahbar tayinlanguniga qadar bankni vaqtinchalik boshqarish boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Xo‘jaqulovga topshirildi.

Skrinshot: qarordan
Shuningdek, 20-aprel kuni Abror Turg‘unov ham Poytaxt Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq, Turg‘unovning Asia Alliance Bank’ka Blok rahbari bo‘lib ishga o‘tgani ma'lum bo'lgandi.
