Mart oyida banklarning muammoli kreditlari qariyb 400 mlrd so‘mga kamaydi — tahlil

23.04.2026 12:14
O'zbekchaРусский
Mart oyida banklarning muammoli kreditlari qariyb 400 mlrd so‘mga kamaydi. Bu pasayish asosan davlat banklari, jumladan, O‘zmilliybank (-377 mlrd so‘m) hamda Asakabank (-124 mlrd so‘m)dagi muammoli kreditlar kamayishi hisobiga yuz berdi.
Mart oyida banklarning muammoli kreditlari qariyb 400 mlrd so‘mga kamaydi — tahlil

Foto: Jaloliddin Rajabov / Spot

Mart oyida banklarning muammoli kreditlari qariyb 400 mlrd so‘mga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarining kredit portfeli 623 trln 286 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. 

Shundan 19 trln 861 mlrd so‘mi yoki 3,2 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Manba: Markaziy bank

Mart oyida muammoli kreditlar 396 mlrd so‘mga kamaygan. Fevral oyida bu ko‘rsatkich 896 mlrd so‘mga oshgan edi.

Davlat banklari

1-aprel holatiga ko‘ra, davlat banklarining kredit portfeli 415 trln 581 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. 

Shundan 14 trln 296 mlrd so‘mi yoki 3,4 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Mart oyida davlat banklarining muammoli kreditlari 374 mlrd so‘mga kamaygan. 

Mazkur kamayishga O‘zmilliybank (-377 mlrd so‘m), Asakabank (-124 mlrd so‘m), Mikrokreditbank (-48 mlrd so‘m) va AloqaBank (-30 mlrd so‘m) ko‘proq hissa qo‘shgan. 

Agrobank (+102 mlrd so‘m), Xalq Banki (+67 mlrd so‘m) va Turonbank’da (+46 mlrd so‘m) esa muammoli kreditlar hajmi oshgan.

Boshqa banklar

1-aprel holatiga ko‘ra, boshqa banklarning kredit portfeli 207 trln 705 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. 

Shundan 5 trln 566 mlrd so‘mi yoki 2,7 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Mart oyida ularning muammoli kreditlari 22 mlrd so‘mga kamaygan. 

Ushbu kamayishga Ipoteka-bank (-131 mlrd so‘m), Kapitalbank (-56 mlrd so‘m) hamda Poytaxt bank (-13 mlrd so‘m) ko‘proq hissa qo‘shgan. 

ANORBANK (+82 mlrd so‘m), Tenge Bank (+29 mlrd so‘m), Ziraat Bank (+25 mlrd so‘m) hamda Hamkorbank’da (+15 mlrd so‘m) muammoli kreditlar hajmi oshgan. 

Qolgan banklarning muammoli kreditlari hajmida sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan. 

Avvalroq, banklarning 2026-yil birinchi choragida qancha sof foyda olgani haqida ma’lumot bergandik.

#npl#mart

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar