Octotelecom kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan 13131 qisqa raqamidan yuboriladigan SMS-xabarnoma narxi oshirilmoqda.
Mazkur xabarnomalar HUMO kartalari bo‘yicha amaliyotlar va balans haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
2026-yil 1-maydan boshlab har bir kiruvchi SMS-xabar uchun 168,40 so‘m miqdorida haq olinadi. Hozirda bu narx 84,2 so‘mni tashkil etadi.
Narx oshishi texnik infratuzilma va dasturiy ta’minotni rivojlantirish xarajatlari ortgani bilan izohlangan.
Shuningdek, xizmat xavfsizligini ta’minlash, energiya va litsenziya to‘lovlari qimmatlashgani ham sabab sifatida keltirilgan.
Ushbu xizmatni 13131 qisqa raqamiga STOP so‘zini yuborish orqali o‘chirib qo‘yish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-apreldan HUMO Card botining premium oylik obuna narxi 5000 so‘m (avval 1000 so‘m bo‘lgan) etib belgilangandi.
Mazkur obuna HUMO kartalaridagi o‘tkazmalar tarixi, kartani bloklash va blokdan chiqarish kabi xizmatlarni taqdim etadi.
Avvalroq, HUMO to‘lov tizimi 2025-yilda qariyb 25 mln dollar sof foyda ko‘rgani ma’lum bo‘lgandi.
