HUMO to‘lov tizimi 1-maydan SMS-xabarnoma narxi oshmasligini ma’lum qildi.
To‘lov tizimiga ko'ra, HUMO kartalari bo'yicha 13131 raqamidan keladigan bitta SMS-xabarnoma qiymati 84,2 so‘m miqdorida saqlanib qoladi.
Avvalroq ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi Octotelecom kompaniyasi 1-maydan boshlab xizmat narxi ikki barobarga oshib, 168,4 so‘mga yetishini e’lon qilgandi.
Shundan so‘ng HUMO to‘lov tizimi kompaniyaga amaldagi tarifni saqlab qolish yuzasidan rasmiy murojaat yuborgan.
Qo‘shimcha tahlil va muzokaralar natijasida tomonlar joriy tarifni o‘zgarishsiz qoldirishga kelishib olgani ma’lum qilindi.
.jpg)