Paynet kompaniyasi 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, kompaniya ushbu davrda 449,5 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan.

Infografika: tanga.uz
Taqqoslash uchun, kompaniya 2025-yilda 395 mlrd so‘m sof foyda olgandi.
Birinchi chorakda sof foydaning bunday keskin o‘sishiga asosiy faoliyatdan tashqari daromadning ko‘payishi sabab bo‘lgan.
Kompaniyaning ushbu davrda 321 mlrd so‘m dividend to‘lovlari bo‘yicha daromad ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Paynet to‘lov tashkiloti HUMO to‘lov tizimining yagona aksiyadori hisoblanadi.
Dividend to‘lovlari hisobga olinmaganda, Paynet’ning sof foydasi 128,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Bu o‘tgan yilning mos davridagi sof foydadan 20 mlrd so‘mga ko‘proqdir.
Birinchi chorakda kompaniya daromadi 44 foizga oshib, 558,5 mlrd so‘mga yetgan.
Operatsion xarajatlar ham o‘z navbatida 128 mlrd so‘mga ko‘payib, 389 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Xarajatlarning katta qismi, aniqrog‘i 313 mlrd so‘mi, sotish xarajatlariga to‘g‘ri keladi.
Sotish xarajatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103 mlrd so‘mga oshib, 313 mlrd so‘mga yetgan.
Kompaniya ushbu davrda 26 mlrd so‘m daromad solig‘i to‘lagan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 mlrd so‘mga ko‘proqdir.
Balans
I chorak yakunlari bo‘yicha Paynet aktivlari 23 foizga oshib, 2,14 trln so‘mga yetgan.
Mazkur o‘sish kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi 450 mlrd so‘mga ko‘payib, 865 mlrd so‘mga yetgani hisobiga yuz bergan.
Kompaniyaning majburiyatlari (440 mlrd so‘m) hamda ustav kapitali (815 mlrd so‘m) deyarli o‘zgarmagan.
