O‘zbekistonda aprel oyida oltin quymalari narxlarida sezilarli o‘zgarish bo‘lmadi.
1-aprel kuni 1 gramm quyma narxi 1 mln 863 ming so‘mni tashkil etdi.

Manba: Markaziy bank
Bu ko‘rsatkich aprel oyi uchun eng past narx bo‘ldi. Eng yuqori narx esa 16-aprel kuni qayd etilib, 1 mln 939 ming so‘mga yetdi.

Manba: Markaziy bank
Bunda eng yuqori narx eng past narxdan 4 foizga baland bo‘lgan.
Taqqoslash uchun, mart oyida bu ko‘rsatkich 21 foizga teng bo‘lgandi.
Shunga qaramay, aprel oyidagi eng yuqori narx o‘tgan yilning aprel oyidagi eng yuqori narxdan 30 foizga yuqori bo‘ldi.
Oy oxiriga, aniqrog‘i 30-aprelga kelib, 1 gramm quyma narxi 1 mln 880 ming so‘mni tashkil qildi.

Manba: Markaziy bank
Eslatib o‘tamiz, @tangauz_news Telegram kanalida oltin quyma narxlarning kunlik o‘zgarishi e’lon qilib boriladi.
