UZCARD 2025-yilda 542 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi — anticor

04.05.2026 09:13
O'zbekchaРусский
UZCARD to‘lov tizimi 2025-yilda 542,4 mlrd so‘m miqdoridagi soliq imtiyozlaridan foydalandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumot berdi. Taqqoslash uchun, kompaniya 2024-yilda 145,7 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.
UZCARD 2025-yilda 542 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi — anticor

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

UZCARD to‘lov tizimi 2025-yilda 542,4 mlrd so‘m miqdoridagi soliq imtiyozlaridan foydalandi. 

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumot berdi

Taqqoslash uchun, kompaniya 2024-yilda 145,7 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan. 

2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 3,7 baravarga oshgan. 

Ma’lumot uchun, UZCARD 2024-yilda 955,7 mlrd so‘m, 2025-yilda esa 1 trln 308 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan. 

Kompaniya 2024-yilda 6,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 6,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-apreldan boshlab to‘lov tizimlari IT Park rezidentlari safidan chiqarildi

Mazkur maqom UZCARD to‘lov tizimiga bir qator soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etib kelayotgan edi. 

2026-yilning ikkinchi choragidan boshlab kompaniyaning soliq to‘lovlari sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.

#uzcard#soliq_imtiyozlari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar