Click birinchi chorakda qariyb 80 mlrd so'm sof foyda oldi

05.05.2026 08:29
O'zbekchaРусский
Click to‘lov tashkiloti 2026-yilning birinchi choragida 78,6 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Kompaniyaning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 mlrd so‘mga yoki 7,4 foizga oshgan. Daromadi esa 40 mlrd so‘mga ko‘payib, 209,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Click birinchi chorakda qariyb 80 mlrd so'm sof foyda oldi

Foto: Click

Click to‘lov tashkiloti 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi

Hisobotga ko‘ra, kompaniya ushbu davrni 78,6 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunlagan. 

Kompaniyaning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 mlrd so‘mga yoki 7,4 foizga oshgan. 

Infografika: tanga.uz

Daromadi esa 40 mlrd so‘mga ko‘payib, 209,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. 

Ushbu davrda kompaniyaning operatsion xarajatlari 37 foizga oshib, 121 mlrd so‘mga yetgan. 

Xarajatlarning katta qismi, aniqrog‘i 72 mlrd so‘mi, sotish xarajatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Kompaniya ma’muriy xarajatlarini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 689 mln so‘mga kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Click ushbu davrda 340 mln so‘m daromad solig‘i to‘lagan. O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 290 mln so‘m edi.

Balans

2026-yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra, Click aktivlari 483 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

Chorak davomida kompaniya aktivlari 20,8 mlrd so‘mga kamaygan. 

Mazkur pasayish kompaniya majburiyatlarining 244 mlrd so‘mdan 216 mlrd so‘mga qisqargani bilan bog‘liqdir. 

Chorak davomida taqsimlanmagan foyda 6,65 mlrd so‘mga oshib, 241 mlrd so‘mga yetgan. 

Kompaniyaning ustav kapitali esa Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talab darajasida (20 mlrd so‘m) o‘zgarishsiz qolgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Click va Qozog‘istonning Halyk Banki o‘rtasidagi bitim amalga oshmagani ma’lum bo‘lgandi.

#click#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar