UZCARD moliya direktori TBC Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

08.05.2026 07:50
O'zbekchaРусский
Azizbek Ashurov TBC Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari — bosh moliyaviy direktor lavozimiga tayinlandi. Tegishli tayinlov bo‘yicha qaror bankning kuzatuv kengashi tomonidan 30-mart kuni qabul qilingan. Bu tayinlov Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganmi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.
UZCARD moliya direktori TBC Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: TBC Uzbekistan

Azizbek Ashurov TBC Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari — bosh moliyaviy direktor lavozimiga tayinlandi.

Tegishli tayinlov bo‘yicha qaror bankning kuzatuv kengashi tomonidan 30-mart kuni qabul qilingan.

Bu tayinlov Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganmi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.

Biroq bankning rasmiy saytida hamon moliyaviy direktor sifatida David Gabelashvili ko‘rsatilgan.

Gabelashvili 2024-yil 23-yanvarda bank Kuzatuv kengashining qarori bilan ushbu lavozimdan ozod etilgan edi.

Azizbek Ashurov haqida

Azizbek Ashurovning LinkedIn sahifasida uning 2025-yil yanvar oyidan buyon UZCARD to‘lov tizimining bosh moliya direktori lavozimida ishlab kelayotgani qayd etilgan.

Ungacha esa qariyb 5 yil mobaynida TBC Uzbekistan ekotizimida ishlagani ko‘rsatilgan.

Jumladan, 2020−2022-yillarda ekotizimda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) bo‘yicha katta mutaxassis bo‘lib ishlagan.

2022-yildan 2024-yilgacha esa Moliyaviy rejalashtirish va tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ashurov Azizbek Elmurod o‘g‘li 2016-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Skrinshot: LinkedIn

Mehnat faoliyatini 2016-yilda Asia Alliance Bank buxgalteriya bo‘limining katta mutaxassisi sifatida boshlagan.

2018-yilning oktyabr oyigacha esa bankda buxgalteriya bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

2018-yildan 2020-yilgacha KPMG Uzbekistan auditorlik tashkilotida faoliyat ko‘rsatgan.

#tbc_bank#azizbek_ashurov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar