TBC Uzbekistan ekotizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
23-yanvar kuni TBC Bank Kuzatuv kengashi qarori bilan bank boshqaruv raisi o‘rinbosari (moliyaviy direktor) David Gabelashvili lavozimidan ozod etildi.

David Gabelashvili. Foto: TBC Bank
Gabelashvili, shuningdek, ekotizim tarkibidagi TBC Sug‘urta kompaniyasi Kuzatuv kengashi a’zosi lavozimidan ham bo‘shatildi.
Uning o‘rniga TBC Digital boshqaruv kompaniyasining moliyaviy direktori Sharof Sharipov TBC Sug‘urta kompaniyasi Kuzatuv kengashi a’zoligiga tayinlandi.
Hozircha TBC Bank moliyaviy direktori lavozimiga kim tayinlangani ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, David Gabelashvili 2022-yil iyul oyidan beri TBC Bank moliyaviy direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
TBC Sug‘urta Kuzatuv kengashiga esa 2024-yil iyul oyida tayinlangan edi.
Sharof Sharipov ham ko‘p yillardan buyon ekotizimda turli yuqori lavozimlarda ishlab kelmoqda. Xususan, u 2019-yil sentyabr oyida TBC Bank boshqaruv a’zosi sifatida ekotizimda ish boshlagan.
2025-yil noyabr oyidan buyon TBC Digital boshqaruv kompaniyasining moliyaviy direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ma’lumot uchun, TBC Digital kompaniyasi ekotizim tarkibidagi barcha kompaniyalar ustidan boshqaruvni amalga oshiradi.
