Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 2 mlrd dollarga ortdi

08.05.2026 09:33
O'zbekchaРусский
2026-yilning 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 70,9 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Zaxiralar aprel oyi davomida 1,9 mlrd dollarga ortgan. Bu o‘sishga naqd valyuta va depozitlar miqdorining 1,15 mlrd dollarga ortgani ta’sir ko‘rsatdi.
Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 2 mlrd dollarga ortdi

Foto: Getty Images

2026-yilning aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,9 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 70,9 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

1-may holatiga ko'ra / Manba: Markaziy bank

Zaxiralar aprel oyi davomida 1,9 mlrd dollarga ortgan. Bu o‘sishga oy davomida naqd valyuta va depozitlar miqdorining 1,15 mlrd dollarga ortgani ta’sir ko‘rsatgan.

Natijada 1-may holatiga kelib, mamlakatning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari 8,7 mlrd dollarga yetgan.

Aprel oyida zaxiradagi oltinning fizik hajmi 1,2 tonnaga kamayib, 414,3 tonnani tashkil etgan.

Biroq oy davomida oltin narxining 4554 dollardan 4626 dollarga oshgani hisobiga zaxiradagi oltinning qiymati 743,6 mln dollarga ko‘payib, 61,6 mlrd dollarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida oltin narxining keskin tushishi oqibatida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 8,1 mlrd dollarga kamaygan edi.

#oltin-valyuta

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar