1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 69 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, mart oyi davomida zaxiralar 8,1 mlrd so‘mga kamaygan.
Ushbu pasayishning 6,8 mlrd dollari zaxiralar tarkibidagi oltin, 1,27 mlrd dollari esa xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Manba: Markaziy bank
Mart oyi davomida oltin narxining 5174 dollardan 4554 dollargacha tushishi zaxiralarning 8,3 mlrd so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi bu oyda 9,3 mlrd dollarga oshib, 416,8 tonnaga yetdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2025-yilning oktyabr oyidan buyon oltin sotmay kelmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda oltin narxi mart oyida qanday o‘zgargani haqida ma’lumot bergandik.
