O‘zbekiston yanvar oyida dunyodagi eng yirik oltin xaridoriga aylandi

05.03.2026 02:40
2026-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy banki 9 tonna oltin sotib olib, ushbu oyda eng yirik oltin xaridoriga aylangan. Natijada mamlakatning oltin zaxirasi 399 tonnaga yetgan va bu umumiy zaxiralarning 86 foizini tashkil etgan.
O‘zbekiston yanvar oyida dunyodagi eng yirik oltin xaridoriga aylandi

Foto: Bloomberg

2026-yilning yanvar oyida O‘zbekiston dunyoda eng yirik oltin xaridori bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi hisobotida keltirilgan

Hisobotga ko‘ra, yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy banki 9 tonna oltin sotib olib, ushbu oyda eng yirik oltin xaridoriga aylangan. 

Natijada mamlakatning oltin zaxirasi 399 tonnaga yetgan va bu umumiy zaxiralarning 86 foizini tashkil etgan. 

Keyingi eng yirik xaridor Malayziya Markaziy banki bo‘lib, mamlakat bu oyda 3 tonna oltin xarid qilgan. 

Undan keyingi o‘rinlarda 2 tonnadan oltin olgan Chexiya va Indoneziya qayd etilgan. Xitoy va Serbiya esa 1 tonnadan oltin xarid qilgan. 

Bu oyda Rossiya Markaziy banki 9 tonna oltin sotib, eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinda 2 tonna oltin sotgan Bolgariya turibdi. Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston ham bu oyda 1 tonnadan oltin sotgan. 

Jahon oltin kengashiga ko‘ra, Markaziy banklar tomonidan oltinga bo‘lgan talabning ortishi 2024-yilning asosiy tendensiyalaridan biriga aylanishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2025-yilning oktyabr oyidan buyon oltin sotmay kelmoqda

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8,76 mlrd dollarga oshib, 75,08 mlrd dollarga yetdi.

#oltin#oltin_zaxirasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar