Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi aprel oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda 30 ta masalani ko‘rib chiqdi.
Ularning 15 tasi tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq.
Markaziy bank shu oyda 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi.
Bunga faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, nazorat organi mart oyida 20 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llagan edi.
.jpg)