Korzinka tarmog'ining logistika departamentiga yangi rahbar tayinlandi

13.05.2026 14:09
O'zbekchaРусский
Laurensiu Xutsanu Korzinka supermarketlar tarmog‘ining ta’minot zanjiri departamenti direktori etib tayinlandi. 2024-yil fevral oyidan buyon bu lavozimda Roman Rabayev ishlab kelayotgan edi. Kompaniya xabariga ko‘ra, u o‘z xohishi bilan lavozimni tark etmoqda.
Korzinka tarmog'ining logistika departamentiga yangi rahbar tayinlandi

Laurensiu Xutsanu / Foto: Korzinka

Laurensiu Xutsanu Korzinka supermarketlar tarmog‘ining ta’minot zanjiri departamenti direktori etib tayinlandi.

2024-yil fevral oyidan buyon bu lavozimda Roman Rabayev ishlab kelayotgan edi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, u o‘z xohishi bilan lavozimni tark etmoqda.

Xutsanu yangi lavozimda kompaniyaning logistika strategiyasini, shuningdek, logistika jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish uchun mas’ul bo‘ladi.

Uning ta’minot zanjiri, tez aylanuvchi iste’mol tovarlari va chakana savdo sohalarida 24 yildan ortiq boshqaruv tajribasiga ega.

Xutsanu faoliyati davomida Unilever va Metro Group kabi xalqaro kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, u Germaniya, Ispaniya, Turkiya hamda Bolqon mamlakatlari bozorlarida logistika, ta’minot zanjiri boshqaruvi va operatsion faoliyatga mas’ul bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentyabr oyida Rud Pedersen Korzinka bosh direktori lavozimini tark etgan edi.

Bosh direktor o‘rinbosari Akmal Asadov bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Korzinka hozirda bosh direktor lavozimiga nomzod qidirmoqda.

#laurensiu_xutsanu#korzinka

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar