Feruz Azimov Poytaxt bank boshqaruv raisi etib tayinlandi

14.05.2026 11:01
O'zbekchaРусский
30-aprel kuni Poytaxt Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda aksiyadorlar Feruz Azimovni bank boshqaruvi raisi etib tayinladi. Ushbu tayinlov Markaziy bank tomonidan ma’qullangach, rasman kuchga kiradi.
Feruz Azimov Poytaxt bank boshqaruv raisi etib tayinlandi

Feruz Azimov / Foto: Markaziy bank

30-aprel kuni Poytaxt Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda aksiyadorlar Feruz Azimovni bank boshqaruvi raisi etib tayinladi.

Ushbu tayinlov Markaziy bank tomonidan ma’qullangach, rasman kuchga kiradi.

Feruz Azimov bilan bank boshqaruv raisi sifatida uch yil muddatga mehnat shartnomasi tuzishga qaror qilindi.

Feruz Azimov haqida

Azimov Feruz Ikromovich 1988-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

2009-yilda Samarqand davlat universitetini, 2024-yilda esa Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Azimov bank tizimidagi faoliyatini 2009-yilda Asakabank’ning Samarqand viloyati filialida mutaxassis sifatida boshlagan.

2019-yilgacha mazkur bankning Samarqand viloyati hamda Afrosiyob filiallarida turli lavozimlarda, jumladan, Valyuta va savdo amaliyotlari bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan.

2019-yil aprel oyidan boshlab Markaziy bankda o‘z faoliyatini davom ettirgan.

Markaziy bank tizimida bosh iqtisodchi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Feruz Azimov 2022-yil oktyabr oyidan buyon Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori o‘rinbosari — Valyuta oqimlari tahlili boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, 20-aprel kuni Poytaxt Bank aksiyadorining qarori bilan Dilshod Po‘latov bank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etilgan edi.

#feruz_azimov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar