HUMO rahbarining birinchi o‘rinbosari faoliyatini Markaziy bank tizimida davom ettiradi

18.05.2026 05:21
O'zbekchaРусский
Maksad Muxitdinov Axborotlashtirish bosh markazi direktorining Raqamli moliyaviy yechimlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Mazkur markaz Markaziy bank muassisligidagi tashkilot hisoblanadi.
HUMO rahbarining birinchi o‘rinbosari faoliyatini Markaziy bank tizimida davom ettiradi

Maksad Muxitdinov / Foto: Uning arxividan

Maksad Muxitdinov Markaziy bank muassisligidagi “Axborotlashtirish bosh markazi” MChJ direktorining Raqamli moliyaviy yechimlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Muxitdinov tayinlovga qadar HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Maksad Muxitdinov haqida

Maqsud Mansurovich Muxitdinov 1979-yil Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.

2001-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichini, 2003-yilda esa ushbu oliygohning magistraturasini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda Ipoteka-bank’ning Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limi mutaxassisi sifatida boshlagan.

2005-yildan 2019-yilga qadar mazkur bankda tashqi iqtisodiy faoliyat, birja hamda konversion amaliyotlar yo‘nalishlarida mutaxassislikdan boshlab boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shuningdek, bankning Chilonzor filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Muxitdinov 2019-yilda HUMO to‘lov tizimiga ishga o‘tib, kompaniyaning bevosita tashkil etilishi va rivojlanishida ishtirok etgan.

2024-yilning aprel oyiga qadar mazkur kompaniya rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, qisqa muddat HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajargan.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning mart oyidan buyon Axborotlashtirish bosh markaziga Nuriddin Hamidov rahbarlik qilib kelmoqda.

Bankers.uz nashriga ko'ra, Hamidov ham 2019–2020-yillarda HUMO to‘lov tizimining tashkil etilishida bevosita qatnashgan.

#maksad_muxitdinov#markaziy_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan